Logo

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Dekabr 22, 2025. 21:05 • 34 soniya

110
O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, 21-dekabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbariga, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Prezidentimiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi va “Ermitaj” davlat muzeyi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish