Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi
Dekabr 23, 2025. 15:51 • 2 daq
• 5PRAGA, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 18 dekabr kuni Praga shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Chexiyadagi O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etilgani rasman eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Chexiyadagi O‘zbekistonlik talabalar assotsiatsiyasi nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yosh vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Assotsiatsiya vatandoshlarning oliy taʼlim va ijtimoiy muhitga moslashuvini rag‘batlantirish, madaniy va maʼrifiy tashabbuslarini rivojlantirish, O‘zbekiston va Chexiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stona va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.
Tadbirda Chexiyada tahsil olayotgan o‘zbek talabalari va mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar qatnashdi. Tashkiliy va homiylik qo‘llab-quvvatlovi – “Start Study” taʼlim kompaniyasi, “TNB” tarjimalar va hujjatlarni nostrifikatsiya qilish byurosi, “Czech point” viza-konsultatsiya markazi, “DON‘s” kompaniyasi, Praga metropoliten universiteti, Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Karlov universiteti hamda Kimyo va texnologiya oliy maktabi tomonidan taʼminlandi.
Uchrashuv davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Shundan so‘ng, elchixona vakillari mehmonlarni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi bilan tabriklab, Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etilganini eʼlon qildi. Diplomatlar assotsiatsiyaning maqsad va vazifalari hamda kelgusidagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Londonda “To‘maris” ayollar jamoat birlashmasining bir yilligi nishonlandi
Daniyada yashovchi vatandoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi

