O‘zbekiston va Polsha kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma taʼlim va tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yadi

Avgust 26, 2026. 13:00 • 2 daq

148
O‘zbekiston va Polsha kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma taʼlim va tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yadi

VARSHAVA, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Aʼzamxo‘jayev Polsha raqamlashtirish vaziri o‘rinbosari Rafal Rosinski bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, innovatsiyalar va ilmiy-tadqiqotlar sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Polsha Milliy tadqiqot va xavfsizlik instituti (NASK) hamda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, “Cyber University”ning Varshava politexnika universiteti, Varshava universiteti va Vroslav fan va texnologiyalar universiteti bilan hamkorligini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ushbu hamkorlik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma taʼlim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirish, kiberxavfsizlik sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.

Muloqot yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida yaqin vaqtda videokonferensiya o‘tkazishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish