O‘zbekiston va Guanchjou sanʼat muzeylari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Avgust 26, 2026. 08:55 • 57 soniya

190
O‘zbekiston va Guanchjou sanʼat muzeylari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

GUANCHJOU, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Guanchjou sanʼat muzeyi direktori Lo Si bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqotda Guanchjou sanʼat muzeyi hamda O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri institutsional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ko‘rgazmalar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va ilmiy-amaliy seminarlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tomonlar muzey kolleksiyalarini saqlash va boshqarish, sanʼat asarlarini restavratsiya va konservatsiya qilish, muzey faoliyatini raqamlashtirish, elektron kataloglar hamda raqamli kolleksiyalar yaratish yo‘nalishlarida tajriba almashish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida ikki muzey o‘rtasida muntazam onlayn muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, sohadagi mutaxassislar almashinuvini tashkil etish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish