Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
Noyabr 27, 2025. 16:33 • 2 daq
• 123
MOSKVA, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning ko‘plab nufuzli OAVda o‘zbekistonlik yosh grossmeyster Javohir Sindorovning Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib bo‘lgani haqida materiallar eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, “RIA Novosti”, “Russia Today”, “RBK” axborot agentliklari, “Moskovskiy komsomoles”, “Vedomosti”, “Rossiyskaya gazeta”, “Komsomolskaya pravda”, “Nezavisimaya gazeta”, “Izvestiya”, “Forbes.Ru” kabi yetakchi nashrlarda o‘zbekistonlik shaxmatchining g‘alabasini keng yoritdi.
Mashhur rus OAVda aytilganidek, o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan jahon kubogi musobaqasida eng yosh g‘olibga aylandi.
O‘zbekistonlik yosh grossmeyster hal qiluvchi bahsda Xitoy vakili Vey Yini mag‘lubiyatga uchratgan. Shunday qilib, 19 yoshli Javohir 2005-yilda Armaniston bayrog‘i ostida 23 yoshida turnirda g‘olib chiqqan Levon Aronyan rekordini yangiladi. U jahon chempionatdagi g‘alabasi uchun 120 ming AQSh dollari ishlab oldi.
Eʼlon qilingan materiallarda shaxmatchining muvaffaqiyatini O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Prezident olimpiadasining ochilish marosimidagi nutqini to‘xtatib, Javohir Sindorovni alohida tabriklagani qayd etilgan.
Bundan tashqari, maqolalarda Javohir Sindorov o‘n ikki yoshida grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgani, 2022-yilda esa terma jamoaning jahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lishiga munosib hissa qo‘shgani yozilgan.
Shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalari 2023-yilda bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogida norvegiyalik Magnus Karlsen g‘olib bo‘lganini yodga olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi