Saida Mirziyoyeva: Yurtimiz kelajagi yosh avlodning nafaqat qanchalik bilimli ekaniga, balki fikr doirasiga ham bog‘liq

Oktabr 31, 2026. 17:30 • 2 daq

• 114

TOSHKЕNT, 31-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” beshinchi shaxmat turniri g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun yaratiladigan imkoniyatlar ko‘lami bilan ham belgilanadi, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Kecha beshinchi bor o‘tkazilgan “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri g‘oliblarini taqdirladik. Bu yilgi musobaqa 6 mingga yaqin ishtirokchini birlashtirdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p. Ularning 633 nafarini ayol va qizlarimiz tashkil etdi. Bu raqamlar zamirida intellektual bellashuvlarga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani, ilmga intilish hamda yoshlarimizning o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi mujassam.

O‘zbekiston xalqaro shaxmat maydonida havas qilgulik natijalarga erishib kelmoqda. Biroq bundanda muhim yana bir omil bor: yurtimizda har bir insonning aqliy salohiyatini to‘liq namoyon etishga xizmat qiluvchi muhit shakllanmoqda.

“Zakovat” loyihasining alohida ahamiyatini men aynan shunda ko‘raman. Bu loyiha iqtidorli yoshlarni kashf etibgina qolmay, balki tafakkur madaniyatini, mustaqil fikrlash va oqilona qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. Zero, yurtimiz kelajagi yosh avlodning nafaqat qanchalik bilimli ekaniga, balki shu bilimlarni qay darajada qo‘llay olishi va fikr doirasiga ham bog‘liq”.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish