Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti bilan uchrashuv haqida: Davlatlarimizni eng muhim strategik sohalardagi uzoq muddatli sheriklik munosabatlari bog‘lab turadi

Iyun 30, 2026. 16:30 • 1 daq

90
Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti bilan uchrashuv haqida: Davlatlarimizni eng muhim strategik sohalardagi uzoq muddatli sheriklik munosabatlari bog‘lab turadi

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga eʼtibor va iliq qabul uchun minnatdorlik bildiraman, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdim.

Davlatlarimizni eng muhim strategik sohalardagi uzoq muddatli sheriklik munosabatlari bog‘lab turadi. Kelgusida har ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lgan yana ko‘plab tashabbuslar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishimizga ishonaman”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bir kun avval Parijda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish