Shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi bahsining 2-partiyasi ham durang bilan yakunlandi
Noyabr 26, 2026. 11:30 • 2 daq
• 43TOSHKЕNT, 26-noyabr. /“Dunyo” AA/. Jeneva shahrida o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahsning ikkinchi partiyasi ham durang bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Kecha o‘tkazilgan bahsda oq donalarda harakatlangan Gukesh London tizimini tanladi. Qora donalarda o‘ynagan Sindorov raqibining rejasiga qarshi samarali o‘ynab, ishonchli pozitsiyaga ega bo‘ldi.
Partiya davomida har ikki shaxmatchi markazda ustunlikka erishishga harakat qildi. Biroq oqlar uchun qulay hujum imkoniyatlari yuzaga kelmadi. 20-yurishdan so‘ng tomonlar pozitsiyaning uch marta takrorlanishi asosida durangga kelishdi.
Shu tariqa, ikki partiyadan keyin uchrashuvda hisob 1:1 ko‘rinishiga keldi. Sindorov matbuot anjumanida qora donalardagi rejasi va figuralarni qayta joylashtirish orqali pozitsiyani tenglashtirganini ta’kidladi.
Jahon chempionligi uchun bahsning uchinchi partiyasi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Unda Javohir Sindorov oq donalarda, Gukesh esa qora donalarda o‘ynaydi. To‘rtinchi partiyadan avval shaxmatchilar bir kun dam oladi.
Eslatib o‘tamiz, 14 ta klassik partiyadan iborat jahon chempionligi uchun bahsning mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


