Qirg‘iziston nashri: TDTning transport va tranzit sohasidagi hamkorligi tobora kengaymoqda

May 14, 2026. 13:55 • 2 daq

1
Qirg‘iziston nashri: TDTning transport va tranzit sohasidagi hamkorligi tobora kengaymoqda

BISHKEK, 14-may. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning “Alliance-press” axborot-tahlil agentligi portalida turkiy davlatlarning transport va tranzit sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada taʼkidlanishicha, jahon iqtisodiyotidagi tezkor o‘zgarishlar sharoitida transport va logistika oddiy infratuzilma tarmog‘i emas, balki iqtisodiy va geosiyosiy taʼsirning muhim vositasiga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Yevroosiyodagi istiqbolli mintaqaviy hamkorlik platformalaridan biri sifatida shakllanib bormoqda.

Bugungi kunda TDTga aʼzo davlatlar 40 dan ortiq yo‘nalishda hamkorlik qilmoqda. Ular orasida transport va tranzit sohasi yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.

Geografik joylashuvi tufayli turkiy davlatlar Yevropa, Markaziy Osiyo, Xitoy, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi yirik transport yo‘laklari chorrahasida joylashgan. Bu esa yangi Yevroosiyo logistika tizimining shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Nashrda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda TDT doirasida transport sohasining normativ-huquqiy bazasi mustahkamlandi. Xususan, 2022-yil Samarqand sammitida xalqaro yuk tashish sohasiga oid kelishuvlar imzolangan. 2026-yildan esa “e-CMR” tizimi joriy qilinib, transport hujjatlari elektron shaklga o‘tkazilmoqda.

2024-yilda Toshkent shahrida TDT huzurida Logistika markazlari va tashuvchilar alyansi tashkil etilgani biznes vakillari ham integratsiya jarayonida faol ishtirok etayotganini ko‘rsatadi.

Maqolada “O‘rta koridor” loyihasining ahamiyatiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Mazkur yo‘nalish Xitoyni Yevropa bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz orqali bog‘laydi. 2025-yilga kelib, ushbu koridor orqali yuk tashish hajmi 5 million tonnadan oshgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish