Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi vatandoshlar uchun ehson dasturxoni yozildi

May 28, 2026. 17:00 • 1 daq

53
Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi vatandoshlar uchun ehson dasturxoni yozildi
Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi vatandoshlar uchun ehson dasturxoni yozildi
Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi vatandoshlar uchun ehson dasturxoni yozildi

VLADIVOSTOK, 28-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlar uchun “Ehson dasturxoni” tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Primorsk o‘lkasida faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz, talabalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj vatandoshlar, shuningdek, o‘zbek milliy-madaniy markazi va mahalliy musulmonlar jamoasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida diplomatlar ishtirokchilarni Qurbon xayiti munosabati bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdilar.

Shuningdek, vatandoshlarga millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida turli salbiy oqimlar taʼsiriga tushib qolishning oldini olish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va o‘zbek madaniyatini targ‘ib etishning ahamiyati taʼkidlandi.

Tadbir davomida imom-xatib tomonidan Qurʼon tilovat qilinib, duolar o‘qildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar O‘zbekiston Prezidentiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish