Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik talabalar uchun “Ehson dasturxoni” yozildi

May 28, 2026. 13:30 • 2 daq

120
Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik talabalar uchun “Ehson dasturxoni” yozildi
Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik talabalar uchun “Ehson dasturxoni” yozildi

SANKT-PETERBURG, 28-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Sankt-Peterburg shahrida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar uchun muborak Qurbon hayiti munosabati bilan “Ehson dasturxoni” tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda mamlakatimiz bosh konsuli Abduraxmon Maxmudov so‘zga chiqib, O‘zbekiston rahbariyati xorijda istiqomat qilayotgan va taʼlim olayotgan yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlod vakillariga alohida eʼtibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelayotganini alohida qayd etdi.

Muloqot davomida talabalarning birinchi galda sifatli taʼlim olishga eʼtibor qaratishlari lozimligiga urg‘u berildi. Shuningdek, global tahdidlar sharoitida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ularning turli buzg‘unchi kuchlar, xususan, diniy ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishi, narkokuryerlik tarmoqlariga sherik bo‘lishi va xorijdagi qurolli to‘qnashuvlarga yollanishining oldini olishga qaratilgan mazmunli va taʼsirchan profilaktika suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar xorijda ularni birlashtiruvchi bunday sharoitlar yaratilganini yuqori baholab, ko‘rsatilayotgan doimiy eʼtibor uchun hukumatimizga chuqur tashakkur izhor etdilar.

Bayramona ruhda va qizg‘in muloqot shaklida kechgan xayriya tadbiri milliy qadriyatlarimizga mos ravishda samimiy suhbat va ezgu tilaklar bilan yakunlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish