Logo

O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

Mart 03, 2026. 17:59 • 42 soniya

25
O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

TOSHKENT, 3-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Eron tashqi ishlar vaziri Said Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildik, ­– deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – So‘nggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etib, jabrlangan oilalarga hamdardligimizni bildirdik.

Hamkasbim bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qilib, har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligi qayd etdik.

Barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yo‘l bilan – muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozimligi haqidagi qat’iy va izchil pozitsiyamizni yana bir bor ta’kidladik”.

Surat “Dunyo” AA arxividan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish