13 nafar hamyurtimiz Erondan Turkmaniston hududi orqali vatanga qaytarildi
Mart 03, 2026. 15:47 • 54 soniya
• 42
ASHXOBOD, 3-mart. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali vatanga qaytayotgan fuqarolarimizga yordam berish maqsadida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi mamlakatimizning Eron Islom Respublikasidagi vakolatxonasi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vakolatli idoralari bilan hamkorlikda yurtdoshlarimizni chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Turkmaniston davlat idoralarining ko‘magida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida Ashxobod shahridagi elchixonamiz xodimlari 13 nafar fuqarolarimizni “Saraxs” turkman–eron chegara posti orqali O‘zbekistonga xavfsiz kuzatib qo‘yildi.
2026-yil 2-martdan fuqarolar va transport vositalari o‘tishi uchun turkman–eron davlat chegarasining “Gaudan–Bajgiran”, “Artik–Lyutfabad”, “Akyayla–Incheburun” va “Oltin Asir–Incheburun” nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati ham qayta tiklandi.
Ma’lum qilinishicha, Elchixona xodimlari mamlakatimiz fuqarolarini Turkmaniston–Eron chegarasidagi “Gaudan–Bajgiran” nazorat-o‘tkazish punktida kutib olmoqda. O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi avtotransport vositalari safarbar etildi.
O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining telefon raqamlari:
+993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov
+993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev
+993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul)
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
