Dunyo bo‘ylab vatandoshlar ishtirokida iftorlik tadbirlari o‘tkazilmoqda
Mart 03, 2026. 17:31 • 54 soniya
• 17
TOSHKENT, 3-mart. /“Dunyo” AA/. Ramazon – mehr-shafqat, bag‘rikenglik va saxovat oyi doirasida xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga milliy-diniy qadriyatlarni yetkazish maqsadida ko‘plab davlatlarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, iftorlik dasturxonlari yozilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu xayrli tadbirlar davlatimiz rahbarining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilyapti.
“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan xayrli tadbirlar xorijda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va doimiy yashab kelayotgan yurtdoshlarni bir davraga birlashtiryapti.
Ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarda davlatimiz tomonidan yuborilgan diniy ulamolar ham qatnashib, hamyurtlarimizga islom dinining insonparvarlik mohiyati va milliy qadriyatlarimiz, diniy ma’lumotlardan foydalanish manbalari, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik kabi masalalarda muhim tavsiyalar berishyapti.
Bugungi kungacha, Jidda, Chongju, Vashington, Nyu-York, Nyu-Jersi, Filadelfiya, Anqara, Moskva, Novosibirsk, Kemerovo, Yekaterinburg, Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Rostov-Don, Olmaota, Qohira, Praga, Kuala-Lumpur, Boku kabi yirik shaharlarda iftorlik tadbirlari yuksak saviyada o‘tkazildi.
Rejaga ko‘ra, tadbirlar geografiyasi juda keng. Ramazon oyi davomida yana ko‘plab shaharlarda madaniy-ma’rifiy tadbir va iftorliklar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
