Logo

TIV Vladikavkazdagi mudhish hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi

Aprel 17, 2026. 20:54 • 52 soniya

36
TIV Vladikavkazdagi mudhish hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi

VLADIKAVKAZ, 17-aprel. /“Dunyo” AA/. Xorijiy ommaviy axborot vositalarida Rossiyaning Vladikavkaz shahrida yuz bergan portlash natijasida vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi haqida turli ma’lumotlar tarqatilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti mazkur mudhish hodisaga aniqlik kiritdi.

Yurtimizning Rostov-Dondagi bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, shu yilning 17-aprel kuni Vladikavkaz shahrida chiqindi konteynerlarini yuklash paytida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida kommunal xizmati xodimi bo‘lib ishlagan O‘zbekiston fuqarosi J.A. (1980-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) voqea joyida vafot etgan.

Vakolatxona ushbu vaziyatni alohida nazoratga olgan. Hozirgi vaqtda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Rostov-Dondagi bosh konsulxona vatandoshimizning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish