Logo

Toshkentda turkiy davlatlar ishtirokida sud-huquq taʼlimi bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

May 07, 2026. 14:25 • 2 daq

3
Toshkentda turkiy davlatlar ishtirokida sud-huquq taʼlimi bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi
Toshkentda turkiy davlatlar ishtirokida sud-huquq taʼlimi bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 7-may /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda “Turkiy davlatlarda sud-huquq taʼlimi va odil sudlov: raqamli transformatsiya hamda ilg‘or tajribalar sari integratsiya” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forumda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiyaning sud-huquq taʼlimi muassasalari, bosh prokuraturalar huzuridagi akademiyalar, xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov sudyalikka nomzodlarni tayyorlash va amaldagi sudyalar malakasini oshirish o‘ta masʼuliyatli va murakkab jarayon ekanini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odil sudlov samaradorligi avvalo sudyalikka nomzodlarning chuqur bilimli va puxta tayyorlangan bo‘lishiga bog‘liq. Bu borada har bir davlatning o‘ziga xos tajriba va yondashuvlari mavjud.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sud tizimini rivojlantirish, bo‘lajak sudyalarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Forumda shuningdek, sud va huquqni muhofaza qilish sohasi kadrlarini tayyorlashda sunʼiy intellektdan foydalanish, uni taʼlim jarayoniga joriy etishning huquqiy asoslari hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish