Logo

Nufuzli xalqaro yarmarkada O‘zbekiston turizm salohiyati namoyish etildi

Fevral 04, 2026. 14:42 • 58 soniya

39
Nufuzli xalqaro yarmarkada O‘zbekiston turizm salohiyati namoyish etildi
Nufuzli xalqaro yarmarkada O‘zbekiston turizm salohiyati namoyish etildi
Nufuzli xalqaro yarmarkada O‘zbekiston turizm salohiyati namoyish etildi
Nufuzli xalqaro yarmarkada O‘zbekiston turizm salohiyati namoyish etildi

LONDON, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniya poytaxtida “Destinations: The Holiday and Travel Show” nufuzli xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda butun dunyodan kelgan turizm sohasi vakillari, yetakchi turoperatorlar va OAV ishtirok etdi

Yarmarka doirasida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, zamonaviy turizm infratuzilmasi, mamlakatning sayohat imkoniyatlari namoyish etildi.

Buyuk Britaniyaning “Wanderlust”, “Wild Frontiers” va “Cox and Kings” kabi yetakchi sayyohlik kompaniyalari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat yo‘nalishlarini taqdim etib, sayyohlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hissa qo‘shdi.

Tadbir davomida mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson tomonidan O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus taqdimot o‘tkazildi. U o‘z nutqida yuritimizning tarixiy shaharlari, boy madaniy merosi, mehmondo‘stlik anʼanalari va mamlakatda amalga oshirilayotgan turizm islohotlari haqida batafsil so‘zlab berdi. Taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yarmarkada ishtirok etish O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi mavqeini mustahkamlash hamda britaniyalik va yevropalik sayyohlar orasida mamlakat imijini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

“Destinations: The Holiday and Travel Show” yarmarkasi Buyuk Britaniyaning eng yirik va nufuzli sayyohlik tadbirlaridan biri bo‘lib, 800 dan ortiq sayyohlik brendlarni o‘zida birlashtiradi va 30 yildan buyon anʼanaviy ravishda o‘tkazib kelinadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish