Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Islomobodda Pokiston Bosh vazirining maxsus maslahatchisi bilan uchrashdi

Fevral 04, 2026. 11:59 • 45 soniya

60
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Islomobodda Pokiston Bosh vazirining maxsus maslahatchisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev bugun Islomobod shahrida Pokiston Bosh vazirining xorij ishlari bo‘yicha maxsus maslahatchisi Tarik Fatemi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, taʼlim, fan va madaniyat sohalarida ikki tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Pokiston Bosh vazirining maxsus maslahatchisi O‘zbekistonning mintaqadagi tarixiy ahamiyati va boy madaniy merosini eʼtirof etdi hamda Toshkent va Samarqand shaharlarining jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini alohida urg‘uladi.

Muloqot davomida joriy yilda rejalashtirilgan turli darajadagi tashriflar va qo‘shma tadbirlar rejasi batafsil ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirishga qaratilgan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish