Logo

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Italiya elchisi mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va afg‘on muammosini hal etish sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik holatini muhokama qildilar

Fevral 04, 2026. 15:09 • 35 soniya

44
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Italiya elchisi mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va afg‘on muammosini hal etish sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik holatini muhokama qildilar

TOSHKENT, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Italiya elchisi Gvido de Sanktis bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va afg‘on muammosini hal etish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilindi.

Muntazam dialogni ikki va ko‘p tomonlama diplomatik hamkorlik formatlari doirasida davom ettirishga bo‘lgan o‘zaro qiziqish alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va tomonlar Toshkent va Rim o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish