Xorazmda vodorod texnologiyalari asosida ekologik aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Iyul 26, 2026. 11:30 • 2 daq

23
Xorazmda vodorod texnologiyalari asosida ekologik aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Xorazmda vodorod texnologiyalari asosida ekologik aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

ABU-DABI, 26-iyul. /“Dunyo” AA/. BAAning “Allied Biofuels” va “DEEM Engineering” kompaniyalari bilan Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida bioyoqilg‘i ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Umumiy qiymati 6,1 milliard AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu loyiha to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi. Jo‘xori poyasini vodorod aralashmasi texnologiyasi orqali qayta ishlash uchun Xorazm viloyatida 6 ming gektar yer ajratildi.

Ishlab chiqarish 2030-yilning uchinchi choragida yo‘lga qo‘yilib, yiliga 110 ming tonna aviatsiya yoqilg‘isi, 300 ming tonna elektroaviatsiya yoqilg‘isi va 5 ming tonna “yashil dizel” ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, “Allied Biofuels” Urganch shahrida qiymati 250 million dollar bo‘lgan 5 yulduzli mehmonxona va 160 million dollarlik, 300 o‘rinli zamonaviy klinika qurishni rejalashtirmoqda.

“O‘zbekistonda yaratilgan shaffof investitsiya muhiti va «yashil iqtisodiyot»ga qaratilayotgan e’tibor ushbu yirik loyihani amalga oshirishimiz uchun mustahkam zamin yaratdi”, deya ta’kidladi “DEEM Engineering” bosh direktori Muhammad Alfalasi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish