Maniladagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning davlat boshqaruvidagi tajribasi namoyish etildi

Noyabr 12, 2026. 19:55 • 2 daq

• 235

MANILA, 12-noyabr. /“Dunyo” AA/. Filippin poytaxtida Osiyo media axborot va kommunikatsiya markazi (AMIC)ning “Jamoatchilik ishonchi, jamoatchilik ovozi: davlat boshqaruvida kommunikatsiyaning o‘rni” mavzusidagi 32-xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

Osiyoning media va kommunikatsiya tadqiqotlari sohasidagi yetakchi tashkilotlaridan biri hisoblangan AMIC konferensiyasida 22 mamlakatdan ko‘plab delegatlar ishtirok etdi.

Konferensiyada AMICning O‘zbekistondagi vakili, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektori Nozima Muratova ham qatnashdi.

U “Hukumat faoliyatini takomillashtirish: mahalliy boshqaruv kommunikatsiyasi” plenar sessiyasida O‘zbekiston davlat organlari faoliyatining ochiqligi, fuqarolar bilan muloqotda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, media va kommunikatsiya sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Nozima Muratova sun’iy intellekt vositalarini qo‘llagan holda yangi turdagi raqamli mediamahsulotlar yaratish borasidagi tajribasini taqdim etdi. Bunday yondashuvlar davlat institutlariga nisbatan jamoatchilik ishonchini mustahkamlashi va ochiq boshqaruv bo‘yicha xalqaro kun tartibiga mos kelishi ta’kidlandi.

Xalqaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Konferensiya doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining AMIC faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, Toshkentda mintaqaviy forum o‘tkazish va ilmiy jurnalning maxsus sonini (“Voices of Asia”) nashr etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

O‘zbekistonning ushbu konferensiyada ishtiroki mamlakatimiz media sanoatining Osiyo akademik makoniga integratsiyalashuvi va yurtimiz tajribasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish