Logo

O‘zbekiston va BAA kimyo sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

May 05, 2026. 09:00 • 42 soniya

464
O‘zbekiston va BAA kimyo sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

ABU-DABI, 5-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAAning “Aspire Holding” kompaniyasi raisi Rashid Saud al-Shamsiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuvda kimyo sanoati sohasidagi qo‘shma loyihaning amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi. Tomonlar uning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashib, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish