Logo

O‘zbekiston va Turkiya savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

Dekabr 21, 2025. 14:40 • 2 daq

1131
O‘zbekiston va Turkiya savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

ANQARA, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ilhom Haydarov Turkiya savdo vaziri o‘rinbosari Mustafa Tuzju bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikning joriy holati, istiqboldagi rejalar va ikki davlat o‘rtasidagi imtiyozli bitim ro‘yxatini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

2025-yilning 10-oyi yakuni ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 2,4 milliard dollarga teng bo‘lgan. Kelgusi 2 yil ichida ushbu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu haqda suhbat jarayonida batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

– Belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun yangi zaxira va imkoniyatlar mavjud. O‘zbekiston va Turkiya tashqi savdodagi tovar nomenklaturasi o‘zaro o‘xshash hamda ishlab chiqariladigan mahsulotlar xorijda birdek raqobatbardosh, – dedi Turkiya savdo vaziri o‘rinbosari. – Turkiya Pokiston, Ozarbayjon, Eron bilan bir qatorda O‘zbekiston bilan ham imtiyozli savdo bitimi imzolagan. Biz ushbu imkoniyatlaridan foydalangan holda belgilangan rejaga erishishni maqsad qilganmiz.

Uchrashuvda mahalliy eksportchi korxonalar duch kelayotgan tarif va notarif to‘siqlar, jumladan, elektrotexnika, to‘qimachilik, kabel-o‘tkazgich mahsulotlariga nisbatan joriy etilgan qo‘shimcha import bojlarini pasaytirish hamda baʼzi turdagi meva-sabzavot importiga o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar savdo bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini yana-da faollashtirish hamda navbatdagi yig‘ilishini 2026-yilning birinchi choragida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish