Buxorodagi texnikumlarga 14 ta zamonaviy interaktiv smart-panel topshirildi
Noyabr 02, 2026. 09:00 • 46 soniya
• 251
GUANCHJOU, 2-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xitoylik hamkorlar ko‘magida Kogon tumani va Kogon shahar texnikumlariga 14 ta zamonaviy interaktiv smart-panel topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu jihozlar ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi mazkur ta’lim muassasalarining Xitoydagi yetakchi kasb-hunar kollejlari bilan xalqaro hamkorligini kengaytirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.
Tomonlar tajriba almashish va zamonaviy ta’lim yechimlarini joriy etishga qaratilgan amaliy loyihalarni izchil rivojlantirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi