O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida IT autsorsing sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Iyul 27, 2026. 17:30 • 55 soniya
• 40
VARSHAVA, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. Polsha poytaxtida “IT Park Uzbekistan” tomonidan IT va biznes jarayonlari autsorsingi yo‘nalishida konferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda “HSBC”, “Netflix”, “Deloitte”, “Toshiba”, “Comarch” va boshqa 40 dan ortiq nufuzli xalqaro kompaniyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Vakillarimiz xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, IT-kompaniyalarning mamlakatimizda faoliyat boshlashida dastlabki xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan “Zero Risk” dasturini taqdim qildi.
Muloqot davomida yurtimizda IT va biznes jarayonlari autsorsingi sohasidagi istiqbolli loyihalar haqida ham so‘z yuritildi.
Konferensiyada qator xalqaro kompaniyalar vakillari O‘zbekistonda vakolatxona ochish, mahalliy IT-mutaxassislarni jalb etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi