O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Argentina yangi elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi
Iyul 27, 2026. 17:00 • 57 soniya
• 57
TOSHKENT, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Argentinaning yangi tayinlangan elchisi Enrike Ignasio Ferrera Viyeyrani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Argentina Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Enrike Ignasio Ferrera Viyeyra janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning mavjud salohiyatidan yanada samarali foydalanish, siyosiy muloqotni faollashtirish va tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni institutsional asosda mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni ikki tomonlama munosabatlarning asosiy ustunlaridan biriga aylantirish tarafdorimiz.
Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladik”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Argentina o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993-yil 9-sentabrda o‘rnatilgan.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi