O‘zbekistonda Gambiyaning ilk elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

Iyul 27, 2026. 17:59 • 56 soniya

42
O‘zbekistonda Gambiyaning ilk elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

TOSHKENT, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun qarorgohi Anqara shahrida bo‘lgan Gambiya elchisi Alkali Fanka Kontexni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Gambiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alkali Fanka Kontex janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Afrika davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Bu borada Gambiya bilan hali to‘liq foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratdik.

Elchi janoblarining yurtimizdagi faoliyati ikki tomonlama munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Alkali Fanka Kontex Gambiyaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2024-yil 14-martda o‘rnatilgan.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish