O‘zbekiston Polshada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Osiyo kongressida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi

May 26, 2026. 09:55 • 3 daq

2

TORUN, 26-may. /“Dunyo” AA/. Polshaning Torun shahrida bo‘lib o‘tgan XIII Xalqaro Osiyo kongressida O‘zbekiston delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zgaruvchan dunyoda noaniq kelajakni shakllantirish: geosiyosiy o‘zaro aloqalar” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur kongressda O‘zbekiston, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Eron, Malayziya, Filippin, Indoneziya, Turkiya, Ozarbayjon kabi 30 dan ortiq mamlakatning diplomatik korpus vakillari qatnashdi.

Polsha tomonidan davlat idoralari vakillari, yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Xalqaro Osiyo kongressi 2014-yildan buyon anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Markaziy Yevropa hamda Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik jarayonlariga jalb qilingan diplomatlar, olimlar, ekspertlar va biznes vakillari o‘rtasida fikr hamda tajriba almashish, shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasiga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov rahbarlik qildi.

Kongressning ochilish marosimida “Wydawnictwo Adam Marszałek” nashriyoti prezidenti Adam Marshalek, Polsha Tashqi ishlar vazirligi vakili Radoslav Flisyuk, Kuyava-Pomor voyevodaligi vitse-marshali Mixal Konyux, Torun meri Pavel Gulevskiy, senator Rishard Bober, qator davlatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari so‘zga chiqdi.

Rasmiylar, xususan, Polsha Tashqi ishlar vazirligi va Torun meriyasi vakillari O‘zbekiston Polsha uchun Markaziy Osiyodagi ishonchli va strategik muhim sherik ekanini alohida taʼkidladi. Ular, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish hamda yangi bosqichga olib chiqish muhimligini qayd etdi.

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vakillari va mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zladi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, demokratik jamiyat institutlarini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatda qulay sarmoyaviy muhit va biznes yuritish uchun sharoitlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, madaniyati va zamonaviy sayyohlik infratuzilmasiga bag‘ishlangan taqdimotlar hamda videoroliklar kongress ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Xususan, yuzga yaqin davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim, elektron vizalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tizimi, turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun taqdim etilayotgan davlat subsidiyalari haqida maʼlumot berildi. 2024-yildan yo‘lga qo‘yilgan Varshava–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini oshirish borasida ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Kongress doirasida “O‘zbekiston madaniyat kunlari” ham tashkil etilib, unda mamlakatimizning boy madaniy merosi, tarixiy anʼanalari va milliy qadriyatlarini namoyish etuvchi ko‘rgazma hamda fotogalereya ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ijobiy taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Polshaning Sharq hamda Afrikani o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish