Bursadagi Faxriy konsulxona yangi binosida vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Avgust 24, 2026. 10:31 • 2 daq

130
Bursadagi Faxriy konsulxona yangi binosida vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Bursadagi Faxriy konsulxona yangi binosida vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Bursadagi Faxriy konsulxona yangi binosida vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

BURSA, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. Turkiyaniyang Bursa viloyatida istiqomat qilayotgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ushbu hududda Faxriy konsulxonaning yangi binosi ochilishi munosabati bilan sayyor qabul tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar Bursadagi Faxriy konsulxona binosini ko‘zdan kechirib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Faxriy konsul Ali Baklan bilan o‘tkazilgan muloqot jarayonida hamyurtlarimiz murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish masalalarida fikr-mulohaza almashildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi, yurtdoshlarga huquqiy va konsullik masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Tashrif doirasida “Kurfezim” zaytun mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Korxonada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning mehnat va yashash sharoitlari, ish faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari hamda ehtiyojlari yuzasidan suhbatlashildi.

Shu bilan birga, Bursa viloyatida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbat o‘tkazilib, ularning mehnat huquqlari, Turkiyada qonuniy mehnat qilish shartlari, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi hamda konsullik xizmatiga murojaat qilish imkoniyatlari bo‘yicha zarur maʼlumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarga Turkiya hududida amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, shaxsiy hujjatlarni ehtiyotkorlik bilan saqlash hamda zarur holatlarda O‘zbekistonning diplomatik va konsullik muassasalariga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif natijasida Bursa viloyatida istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda konsullik-huquqiy ko‘makni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish