Logo

O‘zbekiston–Tojikiston sammiti yakunlandi

Mart 27, 2026. 20:04 • 50 soniya

95
O‘zbekiston–Tojikiston sammiti yakunlandi

TOSHKENT, 27-mart. /“Dunyo” AA/. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi bugun nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, kuni kecha ikki mamlakat yetakchilari tor doirada muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar, qo‘shma loyihalarga start berdilar. Uchrashuvlar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Bugun sammit Buxoroda davom etdi. Davlat rahbarlari tarixiy obidalarni ziyorat qildilar, sanoat korxonasining faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirlar yakunlangach, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish