Turkiya Prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi
Yanvar 20, 2026. 23:15 • 43 soniya
• 142
TOSHKENT, 20-yanvar. /“Dunyo” AA/. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bugun Anqaraga ikki mamlakat tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirlari, xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi , deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Hamkasblarim bilan birgalikda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylari bilan uchrashishdan bag‘oyat mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ijobiy rivojlanish surʼatini ko‘rsatayotgani, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash uchun eng qulay sharoitlarni yaratayotganini taʼkidladik.
Bugungi “4+4” mexanizmi doirasidagi uchrashuv hukumatlarimizning turli idoralari o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanayotganining yana bir isbotidir. Tashqi ishlar vazirliklari bundan keyin ham bor imkoniyatlarini Rahbarlarimiz o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirishga yo‘naltiradilar”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
