Chexiyada O‘zbekistonning turistik va madaniy salohiyati namoyish etildi
Oktabr 20, 2026. 09:30 • 59 soniya
• 44BRNO, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. Chexiyaning Brno shahridagi Masarik universitetida O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, milliy an’analari va turistik imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi vakili ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbirda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, Chexiya Ta’lim vazirligi xodimlari, mahalliy turistik kompaniyalar vakillari hamda ilgari O‘zbekistonda bo‘lgan chexiyalik sayyohlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosi, xususan, Samarqand, Buxoro va Xivaning turistik salohiyati haqida batafsil so‘zlab berildi. Shuningdek, mehmonlarga O‘zbekistonning tarixiy obidalari va zamonaviy turistik infratuzilmasiga bag‘ishlangan videomateriallar namoyish etildi.
Chexiyalik sayyohlar o‘z safarlaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, borgan shaharlari, milliy an’analar va xalqimizning mehmondo‘stligini yuqori baholadilar.
Tadbir yakunida o‘zbek milliy taomlari degustatsiyasi tashkil etilib, unda mehmonlarga palov, somsa va an’anaviy shirinliklar tortiq etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



