Jiddada “O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollar” forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Iyul 15, 2026. 08:10 • 2 daq

128
Jiddada “O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollar” forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi

JIDDA, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari elchixonasi diplomatlari Jidda Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini taqdim etish, yurtimizga Saudiya investitsiyalarini keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan muloqotda o‘zaro sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik ishbilarmon ayollarning Saudiya Arabistoniga tashrifini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jidda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. U mazkur tashrifni “O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollar” birinchi forumi nomi ostida joriy yilning oktyabr–noyabr oylarida Jidda shahrida o‘tkazishni taklif qildi.

Ushbu nufuzli tadbir doirasida yurtimizda ishlab chiqarilgan eksportbop mahsulotlarning “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi, yurtimiz turizmi va milliy hunarmandchilik imkoniyatlarini namoyish etuvchi “Welcome to Uzbekistan” yarmarkasini tashkil etishga kelishib olindi.

Muzokaralar davomida Saudiya tomoniga O‘zbekistondagi zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi, istiqbolli turizm yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Jidda Savdo-sanoat palatasi vakillari O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimizning yirik turistik kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish