Ashxoboddagi uchrashuvda Baxtiyor Saidov Turkmaniston Prezidentiga O‘zbekiston Prezidentining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi

Iyul 15, 2026. 09:30 • 57 soniya

92
Ashxoboddagi uchrashuvda Baxtiyor Saidov Turkmaniston Prezidentiga O‘zbekiston Prezidentining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi
Ashxoboddagi uchrashuvda Baxtiyor Saidov Turkmaniston Prezidentiga O‘zbekiston Prezidentining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi

TOSHKENT, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. Ashxobodda tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik.

Uchrashuvda O‘zbekiston–Turkmaniston strategik sherikligini jadal rivojlanayotganini qayd etdik. Barcha darajalarda yaqin va samarali aloqalar davom ettirilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror surʼatda o‘smoqda.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish yo‘lida birgalikdagi saʼy-harakatlarimizni davom ettiramiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish