O‘zbekistonning Jahon islom sivilizatsiyasi alyansini tashkil etish tashabbusi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi

Iyul 15, 2026. 08:55 • 2 daq

78Reklama
O‘zbekistonning Jahon islom sivilizatsiyasi alyansini tashkil etish tashabbusi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi

MOSKVA, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi ishtirokchilari O‘zbekistonning Jahon islom sivilizatsiyasi alyansini tashkil etish g‘oyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Rossiyaning “Milliard tatar” axborot portaliga tayanib.

Nashrning yozishicha, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan xalqaro tashkilotlar vakillari, vazirlar, olimlar va ekspertlar O‘zbekistonning Jahon islom sivilizatsiyasi alyansini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Bu forum ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llangan murojaatda ham o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, murojaatda mamlakat rahbariga nufuzli xalqaro ilmiy forumni yuksak saviyada tashkil etgani uchun alohida minnatdorlik bildirilgan.

Ta’kidlanganidek, “Tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” shiori ostida tashkil etilgan forum Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazildi. Forumda deklaratsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Ushbu hujjatlar islom sivilizatsiyasining boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga qaratilgan uzoq muddatli xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan.

Maqolada forumning o‘tkazilishi O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va bevosita qo‘llab-quvvatlashi tufayli amalga oshgani alohida qayd etilgan. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 2017-yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish tashabbusi yuksak baholangan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish