Guanchjouda O‘zbekistonning madaniy-gumanitar salohiyati namoyish etildi

Sentabr 06, 2026. 18:30 • 52 soniya

166
Guanchjouda O‘zbekistonning madaniy-gumanitar salohiyati namoyish etildi
Guanchjouda O‘zbekistonning madaniy-gumanitar salohiyati namoyish etildi
Guanchjouda O‘zbekistonning madaniy-gumanitar salohiyati namoyish etildi
Guanchjouda O‘zbekistonning madaniy-gumanitar salohiyati namoyish etildi

GUANCHJOU, 6-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Nufuzli “Southern China Book Fair” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi tomonidan milliy stend tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston stendi tasviriy san’at, hunarmandchilik, to‘qimachilik sanoati, adabiyot va turizm sohalariga bag‘ishlandi. Ushbu loyiha xorij jamoatchiligiga respublikamizning boy madaniy-tarixiy merosi, ijodiy salohiyati va turistik imkoniyatlarini keng namoyish etish imkonini berdi.

Taqdimot doirasida ishtirokchilarga O‘zbekistonda ta’lim jarayoni sifatini oshirish, axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quv muassasalari va kutubxonalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda yoshlarni muntazam bilim olishga rag‘batlantirishga qaratilgan kompleks islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Ko‘rgazma maydonida “Guangzhou Library” kutubxonasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish