Kemerovo viloyatida O‘zbekiston fuqarolariga mehnat huquqlarini himoya qilish tartibi tushuntirildi

Oktabr 13, 2026. 09:30 • 2 daq

• 110
Kemerovo viloyatida O‘zbekiston fuqarolariga mehnat huquqlarini himoya qilish tartibi tushuntirildi

KEMEROVO, 13-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Kemerovo shahridagi federal ahamiyatga molik yirik qurilish obyektlaridan birida mehnat qilayotgan 200 nafardan ortiq vatandoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida yurtdoshlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, mehnat huquqlarini himoya qilish va Rossiya migratsiya qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Ish haqining asossiz ravishda kechiktirilishi holatlariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarga tezkor choralar ko‘rish uchun darhol Bosh konsulxona yoki Migratsiya agentligi vakolatxonasiga murojaat qilish tavsiya etildi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga shaxsiy va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, shuningdek, Rossiya migratsiya qonunchiligi talablariga rioya qilish muhimligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston fuqarolaridan biriga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi, yana bir fuqaroga esa sog‘lig‘i yomonlashgani sababli vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish