“Global Korea Post”: O‘zbekiston turkiy dunyoda akademik hamkorlikni faol rivojlantirmoqda
Iyun 03, 2026. 10:55 • 2 daq
• 197
SЕUL, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya va Turkmaniston bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi kelishuvlar, akademik almashinuv dasturlari hamda qo‘shma ilmiy loyihalar orqali hamkorlikni faol rivojlantirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Janubiy Koreyaning “Global Korea Post” nashriga tayanib.
Nashrda qayd etilishicha, turkiy davlatlar universitetlari o‘rtasida yuzlab hamkorlik shartnomalari amal qilmoqda. Ularning doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari, shuningdek, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yagona ta’lim va ilm-fan makonini shakllantirishga xizmat qilayotgan Turkiy davlatlar universitetlari kengashi (TÜRKÜNİB), shuningdek, Toshkentdagi Xalqaro turkiy davlatlar universiteti mazkur jarayonda muhim o‘rin tutadi.
Mutaxassislarning fikricha, bilim, texnologiya va innovatsiyalar turkiy dunyo mamlakatlarining yanada yaqinlashuvi hamda ularning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi omillardan biriga aylanmoqda.
Nashr xulosasiga ko‘ra, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish turkiy davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, intellektual salohiyatni yuksaltirish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Pokiston ommaviy axborot vositalari O‘zbekistondagi “Mehr” gumanitar operatsiyalarining yakunlari haqida yozmoqda



