TIVda O‘zbekistonning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Oktabr 02, 2026. 10:43 • 51 soniya
• 37TOSHKЕNT, 2-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Mirvohid Azimov mamlakatimizning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Asosiy e’tibor siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy, ilm-fan, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikka qaratildi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ilmiy va ekspert salohiyatini keng jalb etish hamda aniq va amaliy tashabbuslarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
“Dunyo” AA fotosi
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


