TIVda Dengizga imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha xalqaro tahliliy markazi ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avgust 20, 2026. 22:20 • 55 soniya

5
TIVda Dengizga imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha xalqaro tahliliy markazi ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 20-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov bugun Dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha xalqaro tahliliy markaz ijrochi direktori Dulguun Damdin-Od bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Markaz va O‘zbekistonning tahliliy, tadqiqot markazlari o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikka ijobiy baho berildi va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar oldinda turgan turli hamkorlik rejalarini mamnuniyat bilan qayd etib, yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

“Dunyo” AAolgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish