Pokistonda “News Letter Uzbekistan” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni nashr qilindi
Aprel 19, 2026. 17:30 • 2 daq
• 4ISLOMOBOD, 19-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi va mamlakatimizning ushbu davlatdagi turizm brendi elchisi tashabbusi bilan “News Letter Uzbekistan” jurnalining maxsus soni nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“News Letter Uzbekistan” jurnali Pokistonda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi, ulkan turizm salohiyati, xalqaro ekspertlar tomonidan tayyorlangan tahliliy materiallarni keng yoritishga ixtisoslashgan. Jurnal har chorakda bir marta ingliz tilida nashr etiladi.
Mazkur sonda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi, xalqaro maydonda ilgari surilayotgan muhim tashabbuslar, O‘zbekistonning madaniy-maʼrifiy va tarixiy merosi haqidagi maqolalar o‘rin olgan.
Shu bilan birga, jurnal sahifalarida O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 5–6-fevral kunlari Pokistonga amalga oshirgan tarixiy tashrifi, uning doirasida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar, erishilgan kelishuvlar haqidagi materialar bosilgan.
Bundan tashqari, nashrda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahrida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqand viloyatida qayta tiklangan Imom Buxoriy majmuasi, yurtimizning turizm sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlarga bag‘ishlangan turkum maqolalar ham joy olgan. O‘zbekiston–Pokiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari ham alohida yoritilgan.
Jurnalda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev bilan eksklyuziv intervyu o‘quvchilar eʼtiboriga havola etilgan. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, savdo-iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollari haqida atroflicha fikr bildirilgan.
“News Letter Uzbekistan” jurnalining joriy yildagi birinchi maxsus soni 36 betdan iborat bo‘lib, u O‘zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash va Pokiston bilan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



