Ko‘ksaroy qarorgohida Germaniya Federal prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Iyun 17, 2026. 18:35 • 51 soniya
• 77
TOSHKЕNT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. Ko‘ksaroy qarorgohida bugun O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.
O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.
Marosim yakunida birgalikda suratga tushildi, so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi