Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi
Mart 31, 2026. 11:08 • 53 soniya
• 84
SAMARQAND, 31-mart. /“Dunyo” AA/. Ko‘hna Samarqand shahrida bugun “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro muloqotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston parlamentlari vakillari, Yevropa parlamenti a’zolari, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar hamda biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Forum doirasida bugungi siyosiy muloqotning holati va uning kelgusi istiqbollari, “yashil” transformatsiya, o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlik, raqamli makon xavfsizligi, inklyuziv boshqaruv hamda parlament diplomatiyasining zamonaviy ahamiyati kabi dolzarb masalalar yuzasidan muhim sessiyalar o‘tkaziladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi