Abu-Dabida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Iyul 29, 2026. 13:30 • 56 soniya

96
Abu-Dabida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

ABU-DABI, 29-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev ushbu davlatdagi “Mubadala Investment Company” yetakchi investitsiya fondi rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi investitsiyaviy sheriklikning bugungi holati hamda uni yana-da rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasida o‘zaro ishonch va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotganini taʼkidladi.

Suhbat chog‘ida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash va istiqbolli tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini birgalikda o‘rganish, amaliy hamkorlikni davom ettirish hamda muntazam ishchi muloqotlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish