Pokiston poytaxtida Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i bo‘ladi
Fevral 05, 2026. 20:39 • 36 soniya
• 42
TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Islomoboddagi ko‘chalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan boqqa Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda O‘zbekiston – Pokiston ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini taʼkidladi.
Toshkent ko‘chasi va buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bog‘ xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro intilish qatʼiy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
