Logo

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

Fevral 05, 2026. 18:31 • 33 soniya

1
O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Islomobod shahrida ajratilgan qarorgohda Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Isʼhoq Dor kutib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, shu yerda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Isʼhoq Dor davlatimiz rahbariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida maʼlumot berdi.

O‘zbekiston Prezidenti vazirning ushbu davlat tashrifini tashkil etishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish