Toshkentda Hindistonning yetakchi kompaniyasi rahbariyati bilan yangi energetika quvvatlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

May 21, 2026. 09:00 • 2 daq

154
Toshkentda Hindistonning yetakchi kompaniyasi rahbariyati bilan yangi energetika quvvatlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 21-may. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Islom Abdurahmonov Hindistonning yirik ko‘ptarmoqli konglomerati – “Adani Group” kompaniyasining xalqaro energetika bo‘yicha bosh ijrochi direktori Amit Singh bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir doirasida gidroenergetika sohasi davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida ekani alohida taʼkidlanib, yangi quvvatlarni ishga tushirish dolzarb vazifa etib belgilangani qayd etildi.

Mehmonlarga “O‘zbekgidroenergo” AJning asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Xususan, 2032-yilgacha gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturida belgilangan davlat-xususiy sherikchilik asosidagi istiqbolli loyihalar haqida so‘z yuritildi.

“Adani Grup” kompaniyasining O‘zbekiston gidroenergetika tarmog‘iga bo‘lgan qiziqishi doirasida mavjud imkoniyatlari va istiqboldagi rejalari bilan tanishildi.

Hind kompaniyasi vakillari tomonidan O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuqori baholandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yangi quvvatlarni barpo qilish bo‘yicha o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish