Toshkentda ilk bor Markaziy Yevroosiyo venchur forumi forumi bo‘lib o‘tadi
Mart 01, 2026. 16:30 • 56 soniya
• 74
OSTONA, 1-mart /“Dunyo” AA/. Shu yilning 3-aprel kuni Toshkent shahrida “IT Park Uzbekistan” bilan hamkorlikda ilk bor Markaziy Yevroosiyo venchur forumi (CEVF - 2026) o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Қозоғистоннинг “Digital Business” онлайн нашрига кўра, бу йилги форумнинг асосий мавзуси “Smart Capital” (Ақлли капитал) бўлиб, унда глобал иқтисодий ўзгаришлар шароитида сунъий интеллект (AI), FinTech ва DeepTech соҳаларига профессионал ва барқарор инвестиция киритиш стратегиялари муҳокама қилинади.
Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, forum shunchaki vaqtinchalik trendlar emas, balki Markaziy Yevroosiyo uchun uzoq muddatli va tizimli kapitalni shakllantirish platformasiga aylanadi.
Tadbir dasturi amaliy muloqotlarga boy bo‘lib, unda yangi loyihalar uchun “Startup Alley” ko‘rgazmasi, istiqbolli startaplar o‘z g‘oyalarini venchur fondlariga taqdim etadigan “MOST Investable Battle” tanlovi hamda investorlar uchun yopiq tarmoq sessiyalari (networking) tashkil etiladi.
Forum spikerlari qatorida mintaqa venchur bozorining taniqli vakillari — Murat Abdraxmanov, Aynur Janturina, Yerlan Isekeshev, Abay Absamet kabi faol investorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular Markaziy Osiyoning global venchur ekotizimidagi o‘rni va mintaqaviy kapitalni shakllantirish masalalari yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.
Forumning rasmiy avia-hamkori sifatida “Air Astana” aviakompaniyasi ishtirokchilar uchun Qozog‘istondan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar va imtiyozlarni taklif etmoqda. Ushbu xalqaro anjuman O‘zbekistonning mintaqaviy IT va investitsiya markazi sifatidagi maqomini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
