Tel-Avivda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi

Sentabr 13, 2026. 15:30 • 2 daq

55

TEL-AVIV, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/. Tel-Avivning “Geyxal ha-Tarbut” konsert majmuasida mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekistondan muhabbat ila” nomli madaniy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Butunjahon buxoro yahudiylari kongressi bilan hamkorlikda tashkil etildi va unda Isroil hukumati, Knesset deputatlari hamda diplomatik korpus vakillaridan iborat 400 dan ortiq mehmon qatnashdi.

Mehmonlar eʼtiboriga o‘zbek milliy taomlari hamda O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan sayyohlik ko‘rgazmasi havola etildi. Musiqiy dasturdan mahalliy buxoro yahudiylari ansambllarining va O‘zbekistondan taklif etilgan sanʼatkor O‘lmas Olloberganovning chiqishlari o‘rin oldi.

Mamlakatning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, jumladan, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi o‘zgarishlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

So‘zga chiqqan faxriy mehmonlar, xalqlar o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni qayd etib, o‘zbek xalqining insonparvarligi va Ikkinchi jahon urushi yillarida bir milliondan ortiq yahudiy ko‘chmanchilarining O‘zbekistonda qabul qilinganini alohida taʼkidladi.

Kecha so‘nggida ishtirokchilar bayram tadbirini tashkil etgani hamda O‘zbekiston madaniyati va anʼanalarini namoyish qilgani uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish