O‘zbekistonlik mutaxassislar Buyuk Britaniyada moliya sektorini transformatsiya qilish bo‘yicha tahsil oldilar

Noyabr 01, 2026. 12:00 • 2 daq

• 4
O‘zbekistonlik mutaxassislar Buyuk Britaniyada moliya sektorini transformatsiya qilish bo‘yicha tahsil oldilar

LONDON, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Markaziy banki, xususiy moliya muassasalari va kompaniyalar vakillari Buyuk Britaniyada moliya sektorini transformatsiya qilish bo‘yicha o‘quv kurslarida qatnashdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Trening va seminarlar britaniyalik “MBF Academy” tashkiloti tomonidan o‘zbek moliya tuzilmalari rahbarlari va yetakchi xodimlari uchun tashkil etildi.

Dastur doirasida ishtirokchilar moliya sektorini transformatsiya qilish, moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish va ilg‘or xalqaro amaliyotlarni milliy tizimga joriy etishning zamonaviy yondashuvlarini o‘rgandilar. Raqamli moliyaviy yechimlar va institusional islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ikkinchi muhim yo‘nalish eskrou-mexanizmi, uning ishlash tamoyillari hamda moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini ta’minlashdagi rolini o‘rganish bo‘ldi. Mutaxassislar mazkur vosita shartnoma taraflari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash va pul mablag‘lari harakatining shaffofligini ta’minlashga qanday yordam berishini muhokama qildilar.

O‘quv mashg‘ulotlari xorijiy ekspertlarning taqdimotlari, amaliy misollar va tahliliy muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, orttirgan bilimlarini kasbiy faoliyatda qo‘llash yuzasidan tavsiyalar oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish